Overdraft – mijozning shaxsiy hisob raqamida mablag’ mavjud bo’lmaganida yoki etarli bo’lmaganida bank tomonidan kredit berishdir, buning natijasida hisob raqamingiz holati to’g’risida bezivtalanishga hojat qolmaydi va overdraft limiti miqdorida doimo kredit mablag’laridan foydalanish imkoniyati paydo bo’ladi.
So’mli plastik karta bo’yicha overdraft qarz oluvchi – karta egasining doimiy ish joyi bo’yicha rasmiylashtiriladi, bunda uning ish joyi-Korxona bilan “Asaka” bank o’rtasida “Korxona xodimlariga ish haqini so’mli plastik karta orqali berish to’g’risida”gi Shartnoma tuzilgan bo’lishi kerak.
So’mli plastik karta bo’yicha overdraft rasmiylashtirish uchun, bank va Korxona o’rtasida “So’mli plastik kredit karta bo’yicha overdraft taqdim etish to’g’risida”gi Shartnoma tuziladi. Mazkur shartnoma shartlariga asosan Korxona qarz oluvchi – karta egasi uchun bank oldida Kafil bo’lib chiqadi.
So’mli plastik karta bo’yicha overdraft shartlarida kredit olish istagini bildirgan xodim, ushbu Korxonada kamida 3 oy davomida ishlagan bo’lishi kerak.
Qarz oluvchi – karta egasi “So’mli plastik kredit karta bo’yicha overdraft taqdim etish to’g’risida”gi Shartnoma shartlari bilan belgilangan tartibda, qaytarish, to’lash va muddat qoidalariga rioya qilgan holda overdraftga yo’l qo’yishi mumkin.
Hozirgi kunda overdraft bo’yicha foiz stavkasi yiliga 14 foiz miqdorida belgilangan.
Kreditni to’lash muddati – bir yil.
So’mli plastik kredit karta bo’yicha overdraft limiti qarz oluvchi – karta egasining maoshining to’rt barobar miqdorida yoki o’rtacha oylik daromadining uch barobar miqdorida taqdim etiladi.
Qarz oluvchi – karta egasi overdraft bo’yicha qarzdorligini “So’mli plastik kredit karta bo’yicha overdraft taqdim etish to’g’risida”gi Shartnoma shartlari bilan belgilangan muddatda to;liq qaytarishi kerak.
Qarz oluvchi – karta egasi hisobiga tushgan barcha daromad overdraft bo’yicha qarzdorlik va hisoblangan foizlarni to’lashga jo’natiladi. Birinchi navbatda hisoblangan foizlar bo’yicha qarzdorlik to’lanadi.
So’mli plastik kredit karta bo’yicha overdraftni rasmiylashtirish uchun qarz oluvchi – karta egasi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
Overdraftni taqdim etish to’g’risida ijobiy qaror qabul qilingan bo’lsa, “So’mli plastik kredit karta bo’yicha overdraft taqdim etish to’g’risida”gi uch tomonlama Shartnoma bank tomonidan imzolanadi va qarz oluvchi – karta egasi hamda Korxona tomonodan imzolanishga beriladi.
“So’mli plastik kredit karta bo’yicha overdraft taqdim etish to’g’risida”gi Shartnoma uchala tomondan imzolangandan so’ng, shartnomaning bir nusxasi qarz oluvchi – karta egasiga, ikkinchisi Korxonaga beriladi, uchinchi nusxasi bankda qoladi. Shartnomaning har bir nusxasi bir hil huquqiy kuchga ega.
Qarz oluvchi – karta egasining oylik ish haqi o’zgargan taqdirda Korxona-Kafil bu haqida bankka xabar berishi shart. Bunda overdraft limiti miqdori ham o’zgaradi.
Qarz oluvchi – karta egasi doimiy ish joyidan bo’shasa “So’mli plastik kredit karta bo’yicha overdraft taqdim etish to’g’risida”gi uch tomonlama Shartnoma overdraft bo’yicha qarzdorlik to’liq to’langandan so’ng bekor qilinadi.
Qarz oluvchi – karta egasi overdraft bo’yicha qarzdorlik va hisoblangan foizlarni o’z vaqtida to’lamasa, “So’mli plastik kredit karta bo’yicha overdraft taqdim etish to’g’risida”gi uch tomonlama Shartnoma shartlariga asosan qarzdorlik Kafil-Korxona tomonidan to’lanadi.
Overdraft faqat karta orqali to’lov amalga oshirilganda taqdim etilishi mumkin. Mablag’ qarz oluvchi – karta egasining bankdagi hisob raqamidan olinganda overdraft taqdim etilmaydi. So’mli kartaga overdraft limiti miqdorida mablag’ qarz oluvchi – karta egasining bankdagi hisob raqamidan barcha mablag’lar so’mli kartaga o’tkasilgandan so’nggina kiritilishi mumkin.
Overdraft bo’yicha qarzdorlik va hisoblangan foizlar har oyda ish haqini o’tkazish, boshqa daromad va tushumlarni o’tkazish yoxud qarz oluvchi – karta egasining bankdagi hisob raqamiga naqd pul tushirish yoli bilan amalga oshiriladi.
| sotib olish | sotish | |
|---|---|---|
| 1 USD | 1828 | 1833 |
| 1 EUR | 2393 | 2398 |
| 1 GBP | 2866 | 2871 |
| 10 JPYS | 237 | 238 |