Bu Sizga avtomatik rejimda o’z mobil telefoningizga plastic karta bilan bo’g’liq bo’lgan barcha operatsiyalar to’g’risida SMS xabarlar olishga imkon beradi va shu bilan Sizni tovlamachilardan ishonchli himoya qilishni ta’minlaydi.
Siz doimo ish haqi, mukofotlar va boshqa to’lovlar kiritilishi haqida, bundan tashqari, quyidagilar to’g’risida axborotni o’z vaqtida bilasiz:
- Kartaga yuklanishi mumkin bo’lgan barcha mablag’lar;
- Kartaga yuklangan mablag’lar, sanasi, miqdori va kartadagi qoldig’i bilan;
- Chiqim operatsiyalari, sanasi, miqdori va savdo shahobchasi ko’rsatilgan holda;
- shuningdek boshqa ko’pgina foydali ma’lumotlar.
Hizmat TM UCell, TM Beeline va TM Perfectum Mobile abonentlari tomonidan olinishi mumkin.
Hizmatning qiymati barcha soliqlarni hisobga olgan holda 45 taqvim kuni uchun 1,00 $ ni tashkil etadi.
“SMS хabarchi” – Sizning plastic kartalar olamida ishonchli yordamchingiz.
“SMS хabarchi” hizmatni yoqtirish bo’yicha yo’riqnoma
Birinchi turi
- Kartangizning old tomonida BANKNING 4 xonali RAQAMI (masalan 2002 yoki 9001) va shahsiy KARTA RAQAMI (masalan 9860 0023 0000 3482 2) ko’rsatilgan.
- 2800 qisqa raqamiga shu axborotlar(masalan 2002 9860 0023 0000 3482 2) shaklida bo’lgan sms xabarni yuboring.
- Bankning ma’lumotlaringiz qabul qilinganligi va tekshirishdan o’tayotganligini kutib turing.
- Besh kun ichida bankda KARTANI RO’YHATDAN O’TKAZING. Shu amalni bankomat, infokiosk yoki bank bilan aloqasi bo’lgan boshqa har qanday moslamada, shuningdek bankning KONTROLYOR-KASSIRI huzurida bajarish mumkin.
- Bankning hizmat yoqtirilganligi haqidagi tasdiqlovini kutib turing.
Ikkinchi turi
- Bankning KONTROLYOR-KASSIRIdan karta yuzasidan ma’lumotnomani oling.
- Unda Sizning shahsiy 18 xonalik KODINGIZ ko’rsatilgan.
- KODINGIZNI 2800 qisqa raqamiga yuboring, KODni terganda ehtiyot bo’ling.
- Bankning hizmat yoqtirilganligi haqidagi tasdiqlovini kutib turing.
Diqqat, KODINGIZ SHAHSIY. Uni hech kimga bermang.
Hizmatlar “Asaka” banki (OAJ) tomonidan “Mobile Solutions” MChJning texnik yordami bilan taqdim etildi.