Iste’mol ehtiyojlariga kredit O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning yashash joylaridagi “Asaka” bankning hududiy filiallari tomonidan quyidagi shartlarda beriladi:
- Muddati – uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha;
- Miqdori – 10 mln. so’mgacha;
- Kreditni to’lash tartibi – har oyda bir miqdorda pul mablag’larini kiritish yo’li bilan;
- Foiz stavkasi – yiliga 14%, kredit bo’yicha foizlar har oyda to’lanadi;
- Kredit maqsadi – O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulot va raqdim etilgan xizmatlar uchun to’lov, shu jumladan:
- Maishiy, komputer texnikasi, radio- va teleapparatlarni sotib olish bilan bog’liq harajatlar;
- Uy anjomlari, mebel, va boshqa jihozlar, uy xonalarini jihozlash va yangilash uchun mo’ljallangan anjomlarni sotib olish bilan bog’liq harajatlar;
- O’zbekiston Respublikasi hududidagi davolash-profilaktika maskanlari, kurort, orovgoh, dam olish uylarida davolanish va dam olish uchun o’llanmalarni sotib olish bilan bog’liq harajatlar;
- Marosimlar o’kazish (to’y, yubiley) bilan bog’liq harajatlar;
- «GM-Uzbekistan» tomonidan ishlab chiqarilgan shaxsiy transport vositalarini ta’mirlash bilan bog’liq harajatlar;
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining “Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kredit berish to’g’risida”gi Nizomiga (18.07.2007 yil, 1697-sonli) muvofiq, yosh oila toifasiga kiruvchi qarz oluvchilarga quyidagi imtiyozlar belgilangan:
- Kredit olingandan so’ng 6 oylik imtiyozli davr. Imtiyozli davr tugagandan so’ng keyingi oydan boshlab asosiy qarz bo’yicha har oyda bir xil miqdorda to’lov amalga oshiriladi;
- Foiz stavkasi – yiliga 12%, kredit bo’yicha foizlar har oyda to’lanadi;
Imtiyozli davrda foizlar hisoblanmaydi va undirilmaydi.
Kredinti rasmiylashtirish va berish tartibi
Kredit olish uchun qarz oluvchi quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
- Kredit olish to’g’risida ariza;
- Doimiy ro’yxatdan o’tganligi to’g’risidagi muhr qo’yilgan pasport, muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilar harbiy bilet yoki harbiy xizmatchi guvohnomasini taqdim etadi, qarz oluvchining turar joyidan ma’lumotnoma;
- Oxirgi 12 oyda doimiy ish joyidan olingan daromadlar to’g’risida ma’lumotnoma (xususiy tadbirkorlar kredit muddati davomida amalda bo’ladigan patentni taqdim etishadi) yoki boshqa daromadlarni tasdiqlovchi hujjat;
- Savdo tashkilotining oldi-sotdi shartnomasi (hisob-varaqa);
- Nikoh to’g’risidagi guvohnomaning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi (kredit yosh oila a’zosiga rasmiylashtirilayotgan bo’lsa).
- Notarius tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxsning kafilligi (bunda kafil beruvchining to’lash qobiliyati kamida oxirgi 12 oyda doimiy ish joyidan olgan daromadlari to’g’risidagi ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi kerak).