Ta’lim olishga kredit

“Asaka” bank (OAJ) tomonidan pulli-shartnomaviy asosda oliy o’quv yurtlarining kunduzgi bo’limlariga o’qishga kirgan talaba – O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga, ularning ota-onalariga `yoki vasiylariga (quyida matnda “qarz oluvchi” deb ataladi) ta’lim kreditlarini taqdim etadi.

Bakalarvriatga o’qishga kirgan shaxslarga ta’lim krediti 10 yil muddatga, magistraturaga o’qishga kirgan shaxslarga ta’lim krediti 5 yil muddatga beriladi, bunda ushbu muddat ichiga oliy o’quv yurtida o’qish davri kiritiladi.

Muddatli harbiy xizmatini o’tash davri ushbu muddat ichiga kiritilmaydi.

Mazkur Yo’riqnomaga muvofiq “Asaka” bank (OAJ) tomonidan taqdim etilgan ta’lim kreditlari bo’yicha quyidagi miqdorlarda foiz stavkalari belgilangan:

  • Yetim, “Mehribonlik” bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga, bolalikdan I va II guruh nogironlariga foiz stavkasi nolga teng (foizsiz kredit).
  • Talabalarning qolgan toifalariga – O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan, o’zgaruvchan foiz stavkasi bo’yicha.

“Asaka” bank (OAJ) tomonidan ta’lim kreditlari bo’yicha hisoblanadigan foiz stavkalari va foiz to’lovlari miqdori O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi o’zgarishiga bog’liq holda o’zgarishi mumkin va kredit shartnomasida ushbu holat ko’rsatilgan bo’lishi kerak.

Kam ta’minlangan oila a’zosi – talaba uchun kreditga hisoblangan foizlarning 50% Bandlikka ko’maklashish Davlat Jamg’armasi mablag’lari hisobiga (quyida matnda “jamg’arma” deb ataladi) tuman Bandlikka ko’maklashish markazlari tomnidan amalga oshiriladi. (08.05.2007 yildagi O’zR VMning 95-sonli Qarorining xatboshi).

(+998 71) 120-81-11

Bosh ofis
100015, Toshkent sh., Nukus k., 67

Filiallar
Valyutalar kurslari 31.01.2012