Yosh oilalarni moddiy va ruhiy jihatdan qo’llash, mehnat faoliyatlari endigina boshlanganda va mustaqil hayotga ilk qadamlar qo’yishayotganda zarur yordam ko’rsatish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish va yosh oilalarnung turmush va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida “Asaka” bank (OAJ) quyidagi shartlarda uy-joy sotib olish uchun kredit ajratadi:
a) O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lishi kerak:
b) Turar joyi bo’yicha doimiy ro’yxatdan o’tgan:
v) Yosh – 18 yoshdan 53 yoshgacha (ayollar), 59 yoshgacha (erkaklar). Bunda kredit taqdim etishning umumiy muddati qarz-oluvchi pensiya yoshiga etguncha (ya’ni 53 yoshda ayollar, 60 yoshda erkaklar) qaytarishi lozimligi shartidan kelib chiqib belgilanadi:
g) Sotib olinayotgan uy-joy narxining 70 va undan ortiq foizi miqdorida mablag’ kiritilsa, foiz stavkasi yiliga 10% miqdorida bekgilanadi:
d) Bir joyda ish staji kamida 6 oy va umumiy ish staji kamida 1 yil bo’lishi shart:
e) Bank va boshqa moliya institutlari oldida qarzdorligi bo’lmasligi shart.
j) narkologik yoki ruhiy-asab dispanserida hisobda turmagan.
“Asaka” bank (OAJ) tomonidan o’z mablag’lari va jalb etilgan mablag’lar hisobidan beriladigan Ipoteka krediti miqdori sotib olinayotgan uy-joy narxi miqdori bilan cheklanadi, ammo:
Ipoteka kreditidan foydalanish uchun hisoblanadigan foizlar stavkasi yiliga 15 % dan 18 % gacha belgilanadi. Ipoteka kreditidan foydalanish uchun hisoblanadigan foizlar stavkasi qarz oluvchi depozit hisob raqamiga kiritgan o’z mablag’lari miqdoriga bog’liq holda belgilanadi:
a) Berilayotgan kredit miqdorining 30 % gacha pul mablag’lari kiritilganda - foizlar stavkasi yiliga 18 % miqdorida belgilanadi.
b) Berilayotgan kredit miqdorining 30 % dan 40 % gacha pul mablag’lari kiritilganda - foizlar stavkasi yiliga 17 % miqdorida belgilanadi.
v) Berilayotgan kredit miqdorining 40 % dan 50 % gacha pul mablag’lari kiritilganda - foizlar stavkasi yiliga 16 % miqdorida belgilanadi.
g) Berilayotgan kredit miqdorining 50 % va undan ortiq miqdorda pul mablag’lari kiritilganda - foizlar stavkasi yiliga 15 % miqdorida belgilanadi.
Yosh oilalarga berilayotgan kredit miqdorining 25 % dan kam bo’lmagan miqdorda depozit hisob raqamiga pul mablag’lari kiritilganda - ipoteka kreditidan foydalanish uchun foizlar stavkasi yiliga 14 % miqdorida belgilanadi. Bunda qonunchilikka muvofiq yosh oila toifasiga birinchi marotaba oila qurgan va yosh er-xotinning har birining yoshi 30 yoshdan oshmaganlar kiradi.
Yosh oilaga beriladigan ipoteka krediti bo’yicha uch yillik asosiy qarzni to’lash imtiyozli davr beriladi, imtiyozli davr tugagan sananing keyingi kunidan kreditni qoplash bo’yicha to’lov boshlanadi.
Shaxsiy turar joy yoki ko’p xonadonli uyda xonadon sotib olish uchun ipoteka kreditini olish uchun, ariza beruvchi bank filialiga so’ralayotgan kredit miqdori ko’rsatilgan ipoteka kreditini olish to’g’risidagi ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
а) Shaxsiy turar joy yoki ko’p xonadonli uyda xonadon sotib olish to’g’risida dastlabki oldi-sotdi shartnomasi, unda sotilayotgan shaxsiy turar joy yoki ko’p xonadonli uyda xonadonning kelishilgan narxi ko’rsatilgan va sotuvchining shaxsiy uy yoki xonadonga egalik huquqi tegishliligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan bo’lishi shart;
b) ariza beruvchi va u bilan yashovchi oila a’zolari va/yoki uchinchi shaxslarning oxirgi 6 oyda doimiy ish joyidan olgan daromadlari to’g’risida ma’lumotnoma (doimiy ish joyi mavjud bo’lsa) yoki turar joyi bo’yicha soliq organi tomonidan tasdiqlangan ariza beruvchi va u bilan yashovchi oila a’zolari va/yoki uchinchi shaxslarning oxirgi 6 oyda olgan daromadlari deklaratsiyasi. Uchinchi shaxs daromadlari to’g’risida ma’lumot berilganda, uning kreditni to’lash roziligi notarius tomonidan tasdiqlagan holda bankka taqdim etilishi shart;
v) Tutat joyidan oila tarkibiu to’g’risida ma’lumotnoma, pasport asli (solishtirish uchun) va pasport nusxasi. (Pasport nusxasi asli bilan solishtiriladi va pasport nusxasiga tegishli yozuv kiritiladi, agar kredit yosh oila a’zosiga rasmiylashtirilayotgan bo’lsa, nikohni tasdiqlovchi muhr mavjudligi tekshiriladi);
d) ariza beruvchining layoqatini tasdiqlovchi hujjatlar (narkologik va ruhiy-asab dispanserlaridan tegishli tartibda olingan va rasmiylashtirilgan ma’lumotnomalar);
e) ariza beruvchi nomiga bankda ochilgan omonat depozit hisob raqamiga pul mabla’lari kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat (tegishli hisob raqami bo’yicha bank ko’chirmasi);
j) Nikoh to’g’risidagi guvohnomaning notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi (kredit yosh oila a’zosiga rasmiylashtirilayotgan bo’lsa).
| sotib olish | sotish | |
|---|---|---|
| 1 USD | 1823 | 1828 |
| 1 EUR | 2360 | 2365 |
| 1 GBP | 2847 | 2852 |
| 10 JPYS | 236 | 237 |