Kommunal to’lovlar

«Asaka» DAT bank (OAJ) mijozlariga keng doirada xizmatlar ko’rsatadi, shu jumladan aholidan kommunal va boshqa to’lovlarni qabul qilish bo’yicha amaliyotlarni amalga oshiradi. Siz tez va oson kommunal to’lovlarini «Asaka» bankda ochilgan hisob raqamingizdan naqdsiz pul o’tkazish yo’li bilan, yoki Respublikaning barcha hududlarida ochilgan maxsus kassalar tarmog’i orqali naqd pul kiritish yo’li bilan, hamda Asaka bank plastik kartochkasi orqali quyidagi xizmatlar uchun to’lovni amalga oshirishingiz mumkin:

  • Gaz;
  • Sovuq suv va oqava;
  • Issiq suv ta’minoti va xonadonlarni isitish;
  • Elektr energiyasi;
  • Telefon aloqasi;
  • Uy-joy mulkdorlari shirkatiga xonadon uchun to’lov;
  • O’qish bo’yicha shartnomalarga to’lov.

Uyingiz yaqinida ixtisoslashgan kassalarning mavjudligi bankka kelmagan holda to’lovni amalga oshirib, transport va boshqa harajatlarni qisqartirish imkoniyatini beradi. «Asaka» bankning ixtisoslashgan kassasi orqali to’lovni amalga oshirib, Siz o’z vaqtingizni tejab qolasiz, Sizga yuqori malakali bank xodimlari tomonidan yuqori sifatli xizmat ko’rsatiladi hamda zaruriyat bo’lganda kerakli maslahat olishingiz mumkin.

(+998 71) 120-81-11

Bosh ofis
100015, Toshkent sh., Nukus k., 67

Filiallar
Valyutalar kurslari 07.02.2012