Loyihalarni moliyalashtirish

«Asaka» DAT bank (OAJ) yangi ishlab chiqarishni qurish va mavjudini kengaytirish, zamonaviylashtirish, texnik qayta jihozlash (shu jumladan, jihozlarni, matereal, yangi buyum namunalarini, boshqa moddiy boylik va texnologiyalarni) sotib olishga qaratilgan sarmoya loyihalarning loyihaviy moliyalashtirilishini amalga oshiradi.

Bank tomonidan iqtisodiy jihatdan istiqbolli, unumdor loyihalar moliyalashtiriladi.

Kreditdan foydalanish muddati loyiha o’zini-o’zi qoplash muddatiga bog’liq holda, ammo 10 yildan oshmagan vaqtga belgilanadi. 10 yildan oshgan muddatga qarz istisno tariqasida va alohida vaziyatlarda Vazirlar Mahkamasi Qarorlariga asosan yoki jalb qilingan xorijiy bank va boshqa xorijiy moliya institutlarining kredit yo’nalishlari hisobidan (Vazirlar Mahkamasining tegishli Qarorlari va kredit bitimlari bilan belgilangan shartlarda) berilishi mumkin.

Kafolat sifatida bank ko’char va ko’chmas mulkni garovga, uchinchi shaxslar kafilliklari, O’zbekiston Respublikasi Hukumati, sug’urta tashkilotlari, va banklar kafolatlari, hamda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan man etilmagan boshqa kafolat turlari qabul qilinishi mumkin.

Quyidagi kreditlar bank tomonidan berilishiga yo’l qo’yilmaydi:

  • Siyosiy maqsadlarni ko’zlab olingan kredit;
  • Qurol, o’q-dorilar, portlovchi moddalar, hamda giyohvandlik va psixotrop voddalarni sotib olish uchun (O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchilikda ruxsat etilgan holatlar bundan istisno);
  • Nolikvid va kam daromadli qimmatli qog’ozlar bilan kafolatlangan kreditlar;
  • Bankrot deb e’lon qilingan qarz oluvchilarga kredit;
  • Noqonuniy bo’lishi mumkin bo’lgan maqsadlarni ko’zlab olingan kredit;
  • Boshqa davlatlar yuridik shaxslariga kredit;
  • Sotilmaydigan, yotib qolgan, noto’la, nostandart bo’lgan yoki sifatsiz boyliklar garovi evaziga.

Bank siyosatida kredit berishda quyidagilarga rad javobini berish belgilangan:

  • Mahalliy hukumat organlari va budjet tashkilotlariga (O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar bundan istisno);
  • Zarar ko’rib ishlayotgan yoki muddati o’tgan qarzdorligi mavjud korxonalarga;
  • Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmaydigan ijtimoiy tashkilotlarga.

Sarmoya loyihalarini moliyalashtirish manbalari sifatida tegishli davlatlarning eksport-kredit agentliklarining kafilligi ostida xorijiy bank va boshqa xorijiy moliya institutlarining mablag’lari ishlatilishi mumkin.

Loyihaviy moliyalashtirilish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish maqsadida bank tomonidan sindikatlantirgan kreditlash amalga oshiriladi.

Moliyalashtirishga qabul qilingan loyiha tegishli tartibda tasdiqlangan loyiha TIA, to’liq hajmda loyiha-smeta hujjatlari bilan va o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan zarur texnologik jihozlarni etkazib berish, pudrat ishlarini amalga oshirish to’g’risidagi shartnomalar bilan hamda loyihani ishga tushirish va uning ishlab chiqarish – tijorat faoliyatini ta’minlovchi boshqa kelishuvlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.

«Asaka» bank (OAJ) korxonalarning, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining sarmoya loyihalarini amalga oshirishga hissasini qo’shishga tayyor. Sarmoya loyihalarini amalga oshirishning har bosqichida Loyihaviy moliyalashtirish Departamenti va bank filiallari kerakli yordamni taqdim etishga tayyor.

Aloqa uchun telefonlar:

Loyihaviy moliyalashtirish Departamenti:

120-39-52; 120-39-51; 120-39-53
120-39-56; 120-39-58; 120-39-88
120-39-55 (faks)

(+998 71) 120-81-11

Bosh ofis
100015, Toshkent sh., Nukus k., 67

Filiallar
Valyutalar kurslari 07.02.2012