Xorijiy kredit yo’nalishlari

«Asaka» bank (OAJ) loyihaviy moliyalashtirish sohasida Xalqaro Moliya Institutlari va xorijiy banklar bilan keng hamkorlikda ish olib boradi. Hozirgi kunda sanoat sohalarida amalga oshirilayotgan bir qator sarmoya loyihalari quyidagi Kredit Yo’nalishlari bo’yicha moliyalashtirilgan:

  • Xalqaro Moliya Korporatsiyasi – XMK;
  • Osiyo Rivojlanish Banki – ORB;
  • Islom Rivojlanish Banki – IRB;
  • «Landes Bank Berlin AG»ning 2 kredit yo’nalisi (Germaniya);
  • «Commerzbank AG» (Germaniya);
  • «Dresdner Bank» (Germaniya);
  • «Hipovereyns bank» (Germaniya);
  • «Banco Santander Setral Hispano»ning 2 kredit yo’nalisi (Ispaniya);
  • «Societe Generale» (Ispaniya vakolatxonasi);
  • «Instituto de Kredito Ofisial» (Ispaniya);
  • «Rayfayzen bank» (Chexiya);
  • Milliy Eksport Kredit Agentliklari bilan hamkorlik.

Xorijiy banklarning kredit yo’nalishlarini jalb etishning asosiy shartlaridan biri – «Euler Hermes» EKA (Germaniya), «SACE» EKA (Iyaliya), «CESCE» EKA (Ispaniya) kabi Milliy Eksport Kredit Agentliklari tomonidan ajratiladigan sug’urta kafolati mavjudligidir.

Mazkur yo’nalishda amalga oshirilgan ish natijasida «Euler Hermes» EKA (Germaniya) tomonidan «Asaka» banki uchun bevosita limit ajratilgan va uning yordamida Landes Bank Berlin AG, Commerzbank AG, HVB, Dresdner Bank AG ishtiroki bilan 15 ta loyiha moliyalashtirilgan.

CESCE EKA (Ispaniya) ishtirokida Banco Santander, ICO, Societe Generale (Ispaniya vakolatxonasi) ishtiroki bilan 4 ta loyiha moliyalashtirilgan, shunda uchta loyihaga Hukumat Kafolati jalb etilgan.

«SACE» EKA (Iyaliya) tomonidan «Asaka» banki uchun bevosita limit ajratilgan va uning yordamida HVB banki (Italiya vakolatxonasi) ishtiroki bilan 3 ta loyiha moliyalashtirilgan.

EGAP Eka (Chexiya) RZB banki (Chexiya) ishtiroki bilan 1 ta loyihani moliyalashtirish uchyn sug’urta kafolatini taqdim etgan.

(+998 71) 120-81-11

Bosh ofis
100015, Toshkent sh., Nukus k., 67

Filiallar
Valyutalar kurslari 31.01.2012