Tadbirkorlik faoliyatingiz uchun jihoz yoki texnika zarurmi? «Asaka» bank zarur jihoz yoki texnikani lizing shartlarida olishni taklif etadi. Texnikani tanlang va biz uni Siz uchun xarid qilamiz.
Siz undan foydalanib, biz bilan 5 yilgacha bo’lgan muddatda hisob-kitob qilasiz.
Asosiy shartlar:
Lizing muddati – 1 yildan 5 yilgacha.
Lizing miqdori:
- Asosiy loyihalar - 10 ming AQSh dollari ekvivalentigacha milliy valutada.
- Mikrolizing – amaldagi eng kam ish haqqining 2000-karra miqdorigacha.
Boshqa shartlar – «Asaka» Bank (OAJ) lizing xizmatlarini faqat «Asaka» Bank (OAJ) tizimida talab qilguncha depozit hisob raqamlari mavjud mijozlarga taqdim etadi.
Ta’minot
Lizing oluvchi lizing bitimi miqdorining kamida 20% ni pul mablag’lari ko’rinishida kiritishi lozim, yoki Lizing oluvchi lizing bitimi miqdorining kamida 30% ni boshqa ko’rinishda kiritishi shart.
Lizing afzalliklari
- Lizing bitimini rasmiylashtirib, Siz nafaqat korxonangizga zarur texnologik jihozlarni sotib olasiz, shu bilan birga Siz uning narxini sezilarli darajada pasaytirasiz, chunki lizingga berish uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar QQS va bojxona bojlaridan ozod etiladi.
- Lizing amal qilish butun muddat davomida korxonangiz sotib olingan texnologik jihozlar bo’yicha mulk solig’idan ozod etiladi.
- Daromad solig’i bo’yicha soliqqa tortiladigan baza miqdori lizing bo’yicha to’lanayotgan foizlar miqdoriga kamaytiriladi.
- Lizing bitimi bo’yicha kafolat garovi katta mablag’larni talab qilmaydi, chunki lizing amal qilish muddati tugagandan so’ng lizing ob’yekti «Asaka» bank egaligida qoladi.
Lizing loyihasini dastlabki muhokamasi uchun zarur hujjatlar ro’yxati
- Ta’sis hujjatlar nusxasi.
- Faoliyat turi litsenziya talab etadigan faoliyat turlariga kirsa, ushbu faoliyat bilan shug’ulanish ruxsarini beruvchu litsenziya.
- Korxonaning oxirgi ikki yil uchun DSI belgisi mavjud buxgalteriya hisoboti.
- Lizing oluvchining lizing ob’yekti ornatiladigan xonalaridan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar.
- Biznes-reja/texnik-iqtisodiy asoslanish.
- Asyo sotib olish va tayor mahsulotni sotishga dastlabki shartnomalar.
Mazkur ro’yxat moliyalashtirish imkoniyatini ko’rib chiqish uchun to’liq emas, ko’rib chiqilayotgan loyihaga tegishli boshqa ma’lumotlar bank xodimlari tomonidan talab etilishi mumkin.
Aloqa uchun ma’lumot:
Lizing amaliyotlar Boshqarmasi boshlig’i
Shuhrat Maxmudov
Tel: (998 71) 120-39-52
Faks: (998 71) 120-39-83