«Asaka» bank barcha asosiy erkin konvertatsiya bo’ladigan valuta turlari bo’yicha valuta konversiya amaliyotlarini amalga o’shirish uchun qulay shartlar taklif etadi. Ichki va xalqaro moliya bozorlarida amaliyotlarni amalga oshirish maqsadida bankda Reuters Dealing 3000 savdo tizimi va XTRA axborot tizimi bilan ishlaydigan valuta dilingi tashkil etilgan. Bu «Asaka» bankning xalqaro bozorlarida to’la vakolatli ishtirokini, ichki va xalqaro valuta bozorlarida bo’layotgan barcha o’zgarishlardan xabardor bo’lishni ta’minlaydi. Zamonaviy texnologiyalar bozor kon’yunkturasi o’zgarishlariga tezkor javob berish imkoniyatini ta’minlashadi va buning natijasida valuta amaliyotlarining samaradorligi oshib boradi.
USD, EUR, GBP, JPY, CHF, RUB kabi asosiy jahon valutalar bo'yicha joriy konversiya valiuta amaliyotlarini amalga oshirish.
USD, EURO, GBP, JPY, CHF kabi asosiy jahon valutalar bo'yicha muddatli konversiya valiuta svop amaliyotlarini amalga oshirish, shu jumladan bir nechta valutalar bilan ishlovchi mijozlarga valita tavakkalchiliklarini xejlash imkoniyatini beruvchi valutalar bilan.
Svop kabi muddatli amaliyotlarini so’m bilan amalga oshirish.
Kotrhamkor banklar uchun pul bozorida amaliyotlarni bajarish va yuridik shaxslarning vaqtincha bo’sh mablag’larini jalb etish.Banklararo bozorida «Asaka» bank so’m va xorijiy valutada mablag’larni jalb etib, ularni banklararo bozori stavkalari bo’yicha turli muddatga joylashtirishni taklif etadi.
Korporativ mijozlar uchun «Asaka» bank turli valutadagi vaqtincha bo’sh mablag’larini jalb etib, ularni milliy valutadagi depozit va depozit sertifikatlari sifatida joylashtirishni taklif etadi.
Batafsil ma’lumot uchun Diling amaliyoti Departamentiga murojaat qiling.
Diling amaliyoti bo’limi boshlig’i
Zoxid O’lmasboyev.
Tel.: (998-71) 120-82-42, (998-71) 120-82-43
Faks: (998-71) 120-81-40
| sotib olish | sotish | |
|---|---|---|
| 1 USD | 1828 | 1833 |
| 1 EUR | 2393 | 2398 |
| 1 GBP | 2866 | 2871 |
| 10 JPYS | 237 | 238 |