“Asaka” bank (OAJ) xodimlari O’zbekiston Respublikasi banklar Uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan va O’zbekiston davlat korxonalari va ijtimoiy xizmat ko’rsatish xodimlarining kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashi tomonidan o’tkaziladigan spartakiadada faol qatnashishgan. Basketbol bo’yicha musoboqada bank xodimlari birinchilikni qo’lga kiritishgan, chopish bo’ycha ham birinchi o’rinni egallashgan, mini-futbol bo’yicha uchinchi o’ringa sazovor bo’lishgan. Shuningdek, bank xodimlari sakrash va stol tennisi bo’yicha musobaqalarda sovrinli o’rinlar egallashgan. Musobaqa ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan diplom va kuboklar bilan mukofotlanishgan.
Yuqori o’rinlar egallagan va sport rivojlanishiga o’z hissasini qo’shgan bank xodimlari bank kasaba uyushmasi tomonidan qimmatli sovrinlar bilan mukofotlanishgan.
| sotib olish | sotish | |
|---|---|---|
| 1 USD | 1823 | 1828 |
| 1 EUR | 2360 | 2365 |
| 1 GBP | 2847 | 2852 |
| 10 JPYS | 236 | 237 |