Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik majlisi 2010 yil Toshkent shahrida

Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik majlisini 2010 yil Toshkent shahrida o’tkazish uchun tayyorgarlik to’g’risida ma’lumot

O’zbekistonning jahon hamjamiyatida tutgan o’rni va rolini e’tiborga olgan holda, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Boshqaruvchilar kengashining 2009 yil may oyidagi Indoneziyaning Bali shahrida o’tkazilgan navbatdagi majlisida, OTB Boshqaruvchilar kengashining 43 — yillik majlisini 2010 yil may oyida Toshkent shahrida o’tkazish to’g’risida bir ovozdan qaror qabul qilindi.

Toshkent shahrida o’tkaziladigan mazkur yillik majlis Markaziy Osiyo va Kavkaz regionida birinchi marotaba amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan, OTB bilan birgalikda Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik majlisini 2010 yil 3–4 may kunlari davomida Toshkent shahrida o’tkazish uchun tayyorgarlikni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar dasturi kelishib olindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 3 iyuldagi «Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yillik majlisiga tayyorgarlik va uni o’tkazish to’g’risidagi» PQ-1149-sonli Qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi yillik majlisga tayyorgarlik va uni o’tkazilishini yuqori darajada ta’minlash maqsadida, xalqaro forumlar standartlariga asosan OTB yillik majlisiga tayyorgarlik va o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha tashkiliy qo’mita va ishchi guruhlari tarkibi tasdiqlandi.

Osiyo taraqqiyot banki 1965 yilda tashkil etilgan bo’lib, 67 a’zo-mamlakatlarni, shu jumladan, Osiyo, Osiyo-Tinch okeani regioni va 19 ta industrial rivojlangan mamlakatlarni o’z ichiga oluvchi, keng ko’lamli rivojlantirish banki hisoblanadi. OTBning asosiy yo’nalishlari bo’lib taraqqiyot loyihalarini moliyalashtirish, regional hamkorlikni rivojlantirish hamda texnik ko’makni amalga oshirish hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Osiyo taraqqiyot bankiga 1995 yilda a’zo bo’lgan. O’zbekiston Respublikasi va OTB o’rtasidagi hamkorlik qishloq xo’jaligiga tegishli bo’lgan qo’shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, suv resurslarini boshqarish, ta’lim sohalariga yo’naltirilgan.

«Asaka» banki (OAJ) bilan Osiyo taraqqiyot banki o’rtasidagi hamkorlik (9 mart 2001 yil 1799 — UZB-sonli Qarzdorlik Bitim)

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.1998 yildagi 186-sonli «Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi» qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida «Asaka» banki Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi. Jumladan, 2001 yil 9 martda Osiyo taraqqiyot banki hamda O’zbekistonning uch banki (TIF MB, «Asaka» banki, «Paxta» banki) bilan ja’mi 50 mln. AQSh dollari miqdorida O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtiriga yo’naltirilgan Kredit bitimi tuzildi. «Asaka» banki ulushi 15 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Bu bitim doirasida 8 investitsion loyiha umumiy miqdori 14,8 mln. AQSh dollari miqdorida moliyalashtirildi. Osiyo taraqqiyot banki liniyasi bo’yicha moliyalashtirilgan loyihalar asosida 489 ish joyi yaratildi.

(25.09.2003 1963 — UZB-sonli Qarzdorlik Bitimi. «Kichik va mikromoliyalashtirishni rivojlantirish» loyihasi)

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.08.2003 yildagi 348-sonli qaroriga muvofiq Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi 20 mln. AQSh dollari miqdoridagi, to’lash muddati 20 yil, imtiyozli davri 5 yil bo’lgan «Kichik va mikromoliyalashtirishni rivojlantirish» loyihasi ma’qullandi.

Bu qarzdorlik bitimiga ko’ra:

  • 25.09.2003da O’zbekiston Respublikasi Hukumati hamda OTB o’rtasida 1963-UZB-sonli Qarzdorlik bitimi tuzilgan;
  • 07.06.2004da O’zbekiston Respublikasi Hukumati hamda «Asaka» bank (OAJ) o’rtasida qayta kreditlash to’g’risidagi bitim hamda 1-sonli va 2-sonli qo’shimchalar imzolandi.

«Asaka» bank (OAJ), «Agro» bank va «Ipak yo’li» banklari yuqorida ko’rsatilgan Bitimning «C» bandining (tijorat banklariga kredit liniyasi) ijrochi agentlari hisoblanadi.

Osiyo taraqqiyot banki kredit liniyasi O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirilgan va taqsimlangan bo’lib, «Asaka» bankiga ajratilgan qarz summasi 6,5 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi.

Osiyo taraqqiyot banki kredit liniyasini mablag’laridan foydalanganlik uchun foiz stavkasi o’zbek so’mida olti oylik depozitlar bo’yicha o’rtacha banklararo foiz stavkasi (UZIBOR) +0,2 foiz O’zbekistan Respublikasi Moliya Vazirligi marjasi + «Asaka» bank (OAJ) Bosh ofisi marjasi miqdorida belgilanadi.

Kredit liniyasini yo’naltirish- kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga kreditlar ajratish.

(+998 71) 120-81-11

Bosh ofis
100015, Toshkent sh., Nukus k., 67

Filiallar
Valyutalar kurslari 31.01.2012